Joriy yilning 13-sentabr kuni Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘linmasi xodimlari tezkor ma’lumotlar asosida viloyat hududida noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotganlar harakatiga qarshi maxsus tadbir o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Maxsus tadbir natijasida Navoiy shahrida yashovchi “Kurash” va “ Shurik” laqabli shaxslarning jinoiy qilmishlari fosh etildi.
Navoiy shahri va Qiziltepa tumanlarida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida Q.T. va uning jinoiy sherigi F.B mijozga har bir AQSh dollarini 8 000 so‘mdan hisoblab, jami 8 000 AQSh dollarini 64 million so‘m evaziga sotishga kelishgani aniqlandi. Ushbu kelishuv asosidagi valyuta “oldi-berdi”si Qiziltepa tumanidagi Markaziy dehqon bozori yonida joylashgan “Shohrux” savdo do‘koni oldida sodir etilayotganida tezkor xodimlar tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish Departamenti Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)