Hayotda bo‘lib turadigan ba’zi holatlar insonlarga nisbatan yo‘qolayotgan ishonchni qaytarishga xizmat qiladi. AdMe ana shunday holatlarni aks ettiruvchi suratlarni taqdim etdi.
Juftlik nikoh marosimida kelinning libosi ustiga yotib olgan daydi itni asrab oldi
Brownies & downieS — xodimlarining asosiy qismi Daun sindromiga chalingan kishilar
Amerikadagi shaharchada Rojdestvogacha yashay olmasligi mumkin bo‘lgan bolakay uchun bayram sentabrda uyushtirildi
Hayvonlarni saqlash muassasasi xodimlari ularni o‘z uylariga olib ketib, aksiya uyushtirdi
Omadli biznesmen o‘z biznesidan voz kechib, xayriya tashkiloti ochdi va Afrikada maktab qurmoqda
Tez yordam xodimlari o‘layotgan erkakning istagini bajarib, unga muzqaymoq olib kelib berdi
Bola kamyob kasallikka chalingan do‘sti haqida kitob yozib, uning davolanishi uchun bir million dollar to‘pladi
98 yoshli sobiq harbiy uyida nishab yo‘lak (pandus) yo‘qligi sababli nogironlar aravachasida uyidan chiqa olmas edi. Nafaqadagi boshqa harbiylar yo‘lakni qurib berdi
Politsiyachi qiz bir kun avval bir erkakni o‘zini ko‘prikdan tashlash fikridan qaytarib qoldi. Ertasi kuni erkak politsiya bo‘limiga kelib, qizga gul berdi va minnatdorchilik bildirdi
Dumidan ajralgan timsohga 3D-printerda dum yasab berildi
12 yoshli Noa nogiron ukasi bilan triatlon musobaqasida ishtirok etmoqda
Estoniyada bog‘li uy egalari kvartiralarda va bog‘i yo‘q uylarda yashovchilarga mevalar qoldirib ketadi
Izoh (0)