Joriy yilning 15-sentabr kunida Nyu-York shahrida AQShda yashayotgan va faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonliklar ishtirokida​ katta futbol bayrami bo‘lib o‘tdi. Bu haqda musobaqa tashkilotchilaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse prezidenti maslahatchisi San’at Sharipov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Chiprian Anton

Musobaqaga AQShning 9 ta shtatidan 12 ta jamoa tashrif buyurdi. Bu safargi musobaqada O‘zbekistonning diplomatik missiya vakillari ham ishtirok etdi. Ular orasida O‘zbekiston Havo yo‘llari milliy aviakompaniyasi, O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi konsullik idorasi, shuningdek, Birlashgan Millatlar tashkilotidan ham vakillar qatnashdi.

Foto: Chiprian Anton

Foto: Chiprian Anton

Foto: Chiprian Anton

Foto: Chiprian Anton

Foto: Chiprian Anton

Foto: Chiprian Anton

Foto: Chiprian Anton

Foto: Chiprian Anton

Foto: Chiprian Anton

Tadbirda katta qozonda 70 kgli o‘zbekcha osh damlandi Bolalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qilindi. Barchaning kayfiyati ko‘tarinki ruhda bo‘ldi. Stadion atrofiga ko‘plab muxlislar keldi. Yarim finalga eng kuchli to‘rtta jamoa yo‘l oldi.

Foto: Chiprian Anton

Finalda bo‘lsa, Pensilvaniya shtatining “Do‘stlik” hamda Nyu-Yorkning “Maroqand” jamoalari o‘zaro kurash olib bordi. O‘yinning asosiy daqiqalarida 2:2 hisobi qayd etildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham yana bittadan gollar kiritildi, yakuniy hisob 3:3 bo‘ldi.

Keyin g‘olib nomini penaltilar seriyasida aniqlashga kirishildi. Unda, umumiy 7:6 hisobi qayd etilib, “Maroqand” jamoasi bosh sovringa ega bo‘ldi. 3-o‘rin uchun bahsda Nyu-Yorkning ikki “Paxtakor” va “Kaymans” jamoalarilari o‘zaro kuch sinashdi. Unda paxtakorchilar 3:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi va musobaqaning 3-o‘rinini egalladi.

Foto: Chiprian Anton

Foto: Chiprian Anton

Foto: Chiprian Anton

Foto: Chiprian Anton

Foto: Chiprian Anton

Tadbir yakunida kelasi yili ham musobaqani ommaviy tarzda o‘tkazishga kelishib olindi.