Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: Google Images

“O‘zaro ishonchsizlikka barham berishim, oldinga qadam tashlashim va oxir-oqibat Davlat kengashi raisi Kim Chen In bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishim kerak”, — dedi Abe.

Bosh vazir hozircha oliy darajadagi uchrashuv haqida kelishuvlarga erishilmaganini bildirdi.

Shu bilan birga, Abe Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish, Yaponiya fuqarolarining o‘g‘irlanishi muammosini hal etish lozimligini ta’kidladi.