O‘zbekistonda yer va bo‘sh turgan binolar xususiy maktablar qurish uchun biznesga beriladi, deb yozadi Spot. Prezidentning “Xalq ta’limi tizimiga yangi boshqaruv tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga tayanib.
Joylardagi hukumat organlariga xususiy maktablar yaratish uchun tadbirkorlarga taqdim etiladigan yer maydonlari (har bir viloyatda yiliga kamida 50 ta lot) ro‘yxatini tasdiqlash topshirildi.
Bo‘sh maydonlardan foydalanish bo‘yicha doimiy huquq E-ijro onlayn-auksioni orqali taqdim etiladi. Bundan tashqari, davlat tadbirkorlarga bo‘sh binolarni ham beradi. Bularning barchasi davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.
Muddatiga qarab (10 yil va undan ko‘p), biznes investitsiyaviy majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olishi kerak. Bu xususiy sherikkka biriktirilgan davlat maktablarini ta’mirlash, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini imtiyozli o‘qitish, o‘quvchilarni yozgi oromgohlarga yuborish va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)