AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zidan oldin ushbu lavozimni egallab turgan Barak Obamaning unga qarshi yo‘naltirilgan tanqidiga munosabat bildirdi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.
Oq Uyning amaldagi rahbari Obamaning chiqishi juda zerikarli bo‘lganini, uni eshitib uxlab qolganini tan oldi. Bu haqda u Shimoliy Dakota shtatining Fargo shaharchasida tarafdorlari bilan o‘tkazgan uchrashuvida aytdi.
“Kechirasiz, men uxlab qoldim. U men uchun uxlash uchun qulay nutqday tuyuldi”, — dedi Tramp.
Obama saylovoldi kampaniyasi doirasida Illinoys universitetida chiqish qilgan, unda Tramp siyosatini tanqid ostiga olgan edi.
Izoh (0)