Yaqinda O‘zbekistonlik bir guruh ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha mutaxassislar Turkiyada bo‘lib, soha bo‘yicha ushbu mamlakatda yo‘lga qo‘yilgan tajriba bilan bevosita tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bu haqdagi kelishuv, ya’ni O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tarkibidagi “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish“ unitar korxonasi va Turkiyaning Arifiye Fidancılık kompaniyasi o‘rtasidagi anglashuv memorandumi — Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning joriy yil may oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida imzolangan edi. Mazkur hujjat ikki tomonlama amaliy hamkorlikning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qildi.
Izoh (0)