BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura Rossiya va Turkiyaning Idlibdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralariga ko‘proq vaqt berishni so‘radi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Biz muzokaralar uchun, ayniqsa Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi muzokaralar uchun ko‘proq vaqt so‘raymiz. Ular muloqot olib bormoqda, va bu meni nuqtai nazarimda, Idlib muammosining yaqqol yechimi hisoblanadi”, — deya ta’kidladi u Jenevadagi brifingda.
De Mistura mintaqadagi 2,9 million kishi hayotini saqlab qolish uchun tomonlar Idlibda jangovar harakatlardan maksimal darajada tiyilishi lozimligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga qaraganda, Rossiya, Eron va Turkiya Idlibdagi deeskalatsiya zonasining kafolatlari sifatida ushbu mintaqada masalaning tinch yechimini topishda alohida mas’uldir.
Izoh (0)