Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Jizzaxda bo‘lib o‘tgan Xalqaro sarmoyaviy forumda mahalliy hokimiyat va Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan loyihalar ham namoyish etildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Taqdim etilgan loyihalar hududda turizmni uch asosiy yo‘nalish —ekologik turizm, agroturizm va etnik turizm yo‘nalishlarida rivojlantirishni nazarda tutgan.

Baxmal va Zomin tumanlari hududlarida ushbu loyihalarni amalga oshirishda kerak bo‘ladigan infratuzilmalarni barpo etish uchun yer maydonlari ajratishga qaror qilindi.

Jumladan, 2 ming gektar yer maydoni ekoturizmni rivojlantirish uchun ajratiladi. Loyiha doirasida ushbu hududda ekologik so‘qmoqlar tashkil qilish, ot, eshak va kvadrotsiklda sayr qilish, funikulerlar qurish, tog‘ chang‘isi majmuasi, restoran hamda axborot markazi, muzey va mahalliy hunarmandchilik mahsulotlari sotish do‘konlari barpo etish rejalashtirilgan.

5 ming gektar yer agroturizm uchun ajratiladi. Ushbu maydonda dam olish uylari, sport majmualari, kamyob hayvonot va o‘simlik turlarini saqlash uchun pitomniklar quriladi. Shuningdek, molxonalar hamda asal yetishtirish xo‘jaliklari tashkil etiladi. Bu yerda sayyohlar tuyalarda sayr qilish, ko‘pkari o‘yinini tomosha qilish, meva terish, o‘t o‘rish kabi qishloq xo‘jalik ishlarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi