Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi yana bir marta Britaniyani xalqaro qonunchilikka rioya qilish va Rossiyaga Sergey va Yuliya Skripal bilan bog‘liq hodisa haqidagi barcha mavjud ma’lumotlarni taqdim etishga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Solsberidagi hodisaning surishtiruv jarayoni haqida biror-bir rasmiy axborotning mavjud emasligi sababli Britaniya OAVlari ko‘p sonli mish-mishlarni chop etishda davom etmoqda. Ularni tekshirish imkonsiz… Britaniya rasmiylarini yana bir marta o‘z xalqaro majburiyatlariga amal qilish va hodisa haqidagi barcha mavjud ma’lumotlarni Rossiyaga taqdim etish, shuningdek, rossiyalik ekspertlar ishtirokidagi transparent surishtiruvni yo‘lga qo‘yishga chaqiramiz”, — dedi elchixona matbuot kotibi jurnalistlarga.
Diplomat Britaniya OAVlariga izohlar surishtiruv jarayoni bilan tanish huquq-tartibot organlari vakillari tomonidan emas, bunga zarracha aloqasi bo‘lmagan shaxslar tomonidan berilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)