Qozog‘iston jamoatchiligining mamlakat ichki ishlar vazirining iste’foga chiqishini talab qilishi va prezident Nursulton Nazarboyevning IIVni Gruziya misolida isloh qilish haqidagi fikrlari ortida, shuningdek, yaqinda yangi mudofaa vaziri tayinlanganidan keyin mamlakatda hukumatning qisqa vaqt ichida iste’foga chiqishi haqida mish-mishlar aylanmoqda. Bu haqda EADaily xabar berdi.
Taxminlarga ko‘ra, bosh vazir Bakitjan Sagintayev yaqin vaqt ichida Olmaota meri bo‘lishi, amaldagi shahar rahbari Bauirjan Baybek esa prezident ma’muriyatiga rahbar etib tayinlanishi mumkin.
Qozog‘istonlik siyosatshunos Talgat Kaliyevning fikricha, hukumatning keng miqyosdagi iste’fosi uchun asos yo‘q, biroq amaldagi Vazirlar Mahkamasining ikki yillik ishidan keyin uning almashishi haqiqatga yaqin. Bu esa sentabr oyida yuz berishi mumkin.
Izoh (0)