Britaniyaning EasyJet aviakompaniyasiga qarashli yo‘lovchi samolyoti Fransiya g‘arbidagi Brest shahriga favqulodda qo‘ndi. U Londonning Gatvik aeroportidan Madridga yo‘l olgan edi. Bu haqda Airlive portali xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
U28277 reysini amalga oshirayotgan samolyot mahalliy vaqt bo‘yicha 12:13 da Londondan Madridga parvoz qilgan edi.
Texnik nosozlik sababli samolyot Brest shahrining aeroportiga qo‘ngan. Samolyot yoqilg‘i olishi lozim.
Izoh (0)