Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov o‘tgan dam olish kuni Tojikiston va Afg‘oniston chegarasidagi qurolli to‘qnashuv haqidagi masalani Rossiya tashqi siyosiy idorasiga yo‘naltirdi, deb yozadi “MK.ru”.
Jurnalistlarning 4-sentabrga belgilangan Moskvadagi Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv arafasida bo‘lib o‘tgan ushbu qurolli to‘qnashuvdan Rossiya qanchalik xavotirda ekanligi haqidagi savollariga javoban, Peskov: “Bu savol bizga emas, tashqi ishlar vazirligiga qaratilgan”, — dedi.
Shu bilan birga, Rossiya rahbari matbuot kotibi Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi aloqalarning boy xususiyatini, ko‘plab qo‘shma loyihalar borligini qayd etdi. “Shu jumladan, xavfsizlik va chegaralarni qo‘riqlash sohasidagi hamkorlik haqida ham bilasiz”, — dedi u.
Izoh (0)