Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Makka shahridagi “Abrojul Hidoya” mehmonxonasida “Haj-2018” ishchi guruhi rahbari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nuriymon Abulhasanning Saudiya Arabistonidagi hamkor “Al-Hidoya” shirkati va Indoneziyadagi “Burhonul Hidoya” shirkati rahbarlari bilan muloqoti tashkil etildi. Bu haqda O‘MI matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: YouTube

Foto: YouTube

Uchrashuvda indoneziyalik ziyoratchilarning Samarqand va Buxoro shaharlari orqali Umra ziyoratiga borishini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, har yili 150-200 ming indoneziyalik qadimiy shaharlarning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilib, so‘ng umra safariga shu yerning o‘zidan jo‘nab ketishi mumkin.

Ushbu jarayonni samarali tashkil etish maqsadida hamkor shirkat rahbari shayx Solih Salim Bahviniy yaqinda O‘zbekistonga keladi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida amalga oshiriladigan ushbu tashrif davomida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK mutasaddilari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, indoneziyaliklarning O‘zbekiston orqali Umra safariga jo‘nab ketishi joriy yil oktabr oyidan boshlanishi belgilangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi