Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Samarqand shahrida “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Bu haqda “Zarafshon” xabar bermoqda.

Foto: “Zarafshon”

Foto: “Zarafshon”

Majlisda viloyat, tuman va shahar hokimlari, barcha sektorlar rahbarlari, respublika tijorat banklari raislari va oʻrinbosarlari, viloyat, shahar va tumanlardagi mutasaddi idora va tashkilotlar boshliqlari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.Nurmuratov, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov dasturni amalga oshirishda mahalliy hokimliklar, sektorlar rahbarlari va banklar oldida turgan vazifalar haqida soʻz yuritdi.

Dastur asosida Samarqand viloyatiga 140 milliard soʻmlik imtiyozli, yaʼni 7 foizli kredit mablagʻlari ajratilishi belgilangan. Kredit ajratishda ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berish, soxta maʼlumotlar va son ortidan quvish oʻrniga ish sifatida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Kreditni undan foydalana oladigan, bunga ehtiyoji bor oilalarga berish, imkon qadar koʻproq kishilar bandligini taʼminlash va oila farovonligini oshirishga yoʻnaltirish zarurligi qayd etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak