28-avgust kuni Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘alimjan Qoyshibayev boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keladi, deb yozadi TIV matbuot xizmati.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi. Tadbir chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, mintaqaviy hamkorlik hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalarga oid masalalari ko‘rib chiqiladi.
Izoh (0)