Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan mudofaa vazirining buyrug‘iga asosan xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga moddiy yordam puli toʻlanadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ushbu buyruq O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2018-yil 28-iyundagi qaroriga ko‘ra, “Vatan fidoiy farzandlarini unutmaydi!” shiori ostida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan tadbirlarning ijrosini taʼminlash hamda xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning xotiralarini yod etish, ularning oila a’zolariga yuksak ehtirom, mehr-muruvvat hamda moddiy va maʼnaviy yordam ko‘rsatish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Buyruqqa ko‘ra, xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga moddiy yordam uchun ajratilgan pul mablag‘lari joylarda mas’ullar tomonidan topshirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi