Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Nukus shahri yoʻllarida ayol inspektor ishlamoqda. Bu haqda “Makan.uz” nashri Qoraqalpogʻiston IIV Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasiga asosanlanib xabar bermoqda.

Foto: “Makan.uz”

Foto: “Makan.uz”

“Hozirgi vaqtda tajribali YHXB inspektorlari bilan birgalikda ishlamoqdaman. Yoʻlda inspektorlik qilishning oʻz oldiga mashaqqati bor. Haydovchilarning birinchi taassuroti, albatta, hayron qolyapti. Ayrim haydovchilar yangilik bilan tabriklayapti. Lekin ish — bu ish. Uni belgilangan tartibda olib bormoqdaman”, — deydi YHXB inspektori Yulduz Matyakupova.

Ichki ishlar sohasida uch yildan beri ishlayotgan Yulduz Matyakupovaning qayd etishicha, ish davomida “iloji boricha muloyimlik bilan har xil qoidabuzarliklarning oldini olish boʻyicha targʻibot ishlarini olib bormoqda”.

Berilgan maʼlumotga koʻra, Qoraqalpogʻiston YHXB tomonidan yoʻllarda tartibni nazorat qiluvchi xotin-qizlar soni oshiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘istonning Rossiya bilan chegarasidagi tirbandliklar tugamoqda — OAV
Mahalliy
“Uyiga begona erkaklarni olib kelmaslik masalasida tortishgan”. Onasini o‘ldirgan buxorolik yigit voqeasining sababi ochiqlandi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga jo‘nab ketdi