Toshkent shahar hokimligi barcha tadbirkor va investorlarni 135 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi va 60 ta xususiy maktab qurish uchun tanlovda qatnashishga taklif etmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi O‘zA.
Hokimlik tanlov g‘oliblariga xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi va maktablar qurish uchun umumiy maydoni 2000 metr kvadratgacha bo‘lgan yer maydonlarini doimiy foydalanishga ajratib beradi.
Tanlov shartlari:
Qurilish ishlarini 2018-yil 31-dekabrga qadar yakunlash;
Tashabbuskor hisob raqamida 5 milliard so‘m mablag‘ bo‘lishi;
Ajratib berilgan yer maydonidan maqsadli foydalanish.
Barcha tadbirkorlar, investorlar o‘z takliflarini 2018-yil 31-avgustga qadar quyidagi manzil bo‘yicha yuborishi so‘raladi.
Telefon: +998 98 309 84 48
elektron manzil: office@tashkent.uz, info@tashkent.uz
Izoh (0)