Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hamda Ichki ishlar vazirligi hukumat vakillari ketayotgan kortejning YTHga uchrashi yuzasidan rasmiy bayonotlar bilan chiqdi. Ikki bayonotda ham YTH tafsilotlari keltirildi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Bayonotlarda aytilishicha, 20-avgust kuni soat 9:30 larda “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod”­­ avtomobil yo‘lining 92-kilometrida Sayidov Baxtiyor Abdujalilovich boshqaruvidagi, davlat raqam belgisi 10 U 945 LA bo‘lgan Damas’ni ishonchnoma orqali boshqarib, Zafar qo‘rg‘oni tomonidan Bekobod shahar tomonga harakatlanib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, haydovchi Tolipov Rustam boshqaruvidagi, davlat raqam belgisi 01 215 AVA bo‘lgan Mercedes-Benz xizmat avtomashinasining chap yon tomon o‘rta qismiga urilib, YTH sodir etgan.

Tibbiyot ma’lumotnomasiga ko‘ra, YTH oqibatida Mercedes-Benz salonida bo‘lgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovda tibbiy muolaja talab etilmaydigan yengil shikast, uning o‘rinbosari Alisher Sultonovda chap son suyagi chiqishi, chanoq kosachasi yopiq sinishi, ko‘krak qafasi 7-10 qovurg‘alari yopiq sinishi, bosh tepa sohasi lat yeyishi, Prezident devoni mas’ul xodimi U. Qurbonovda o‘ng qo‘l bilak suyagi yopiq sinishi kabi tan jarohatlar, haydovchi R. Tolipovda bosh tepa sohasi hamda o‘ng yelka, o‘ng bilak ochiq bo‘g‘imi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi kabi jarohatlar aniqlangan.

Shuningdek, yo‘l transport hodisasi oqibatida Damas avtomashinasi haydovchisi B. Saidovda peshona sohasi lat yeyishi, yo‘lovchi A.Meliboyevda o‘ng o‘mrov suyagini yopiq sinishi kabi jarohatlar aniqlangan.

A. Sultonov, U. Qurbonov, B. Saidov, A. Meliboyevlar shifoxonaga joylashtirilib, ularga zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. R. Tolipovga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

YTH yuzasidan Bosh prokuratura va IIV tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi