Oxirgi vaqtlarda O‘zbekistonda “Afrosiyob” tezyurar poyezdlariga chiptalar yetishmasligi bilan bog‘liq jiddiy muammo kuzatilmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.
O‘zbekiston turoperatorlari ishchi guruhining Vazirlar Mahkamasida yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida bu vaziyatdan chiqishning o‘z yechimini taklif qildi. Ular “Nasaf”, “Registon” va “Sharq” poyezdlarida qulay shart-sharoitlar va konditsioner tizimlarini yaratish orqali ta’mirlash imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu “Afrosiyob” poyezdiga yuklamani ancha kamaytirish imkonini beradi.
Mahalliy temiryo‘lchilar mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Bugungi kunda Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodida jami 240 o‘rinli beshta vagonni modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Mazkur vagonlarni 2018-yil sentabr oyi oxiriga qadar ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” yangi tezyurar poyezdlarni xarid qilish bo‘yicha Ispaniyaning Talgo va Koreyaning Hyundai kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Izoh (0)