Norvegiya hukumati 2020-yilda tajriba o‘tkazadi va 400 giyohvandga tekin geroin tarqatadi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Bunga Norvegiyada giyohvand moddalarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish oqibatida kelib chiqqan o‘lim holatlarining Yevropa bo‘yicha eng yuqori ekanligi sabab bo‘lmoqda. Rasmiylar fikricha, mazkur chora o‘lim holatlari va jinoyatchilik darajasini pasaytiradi.
Yaqindan boshlab Norvegiyada giyohvand moddalarga oid ishlar jinoyat sifatida ko‘rib chiqilmaydi, biroq hukumat kannabis va boshqa giyohvand moddalarni qonuniylashtirishni rad etmoqda.
Izoh (0)