Angliya premyer-ligasida yangi mavsumga start berildi.

Foto: “Manchester Yunayted”

2018/19-yilgi mavsumni “Manchester Yunayted” va “Lester” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv ochib berdi.

“Old Trafford” mezbonlik qilgan 1-tur uchrashuvida Joze Mourinyo shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Mezbonlar tarkibida Pol Pogba va Lyuk Shou o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Jeymi Vardi “Lester”ning o‘yindagi yagona javob golini urdi.

Shu tariqa “Manchester Yunayted” mavsumni g‘alaba bilan boshladi.

Angliya premyer-ligasi

1-tur bellashuvlari

11- avgust, shanba

“Manchester Yunayted” — “Lester” 2:1

Gollar: 1:0 – 3, penalti Pogba, 2:0 – 83 Shou, 2:1 – 90 Vardi.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Bayi, Shou, Darmian, Lindelyef, Pogba (Fellayni, 84), Pereyra, Mata, Fred (Maktomini, 76), Sanches, Reshford (Lukaku, 67).

“Lester”: Shmeyxel, Maguayr, Morgan, Chiluell, Rikardu Pereyra, Ndidi, Amarti (G‘azzol, 63), Meddison (Vardi, 63), Adriyen Silva (Iborra, 80), Grey, Ixeanacho.

Ogohlantirishlar: Amarti (51), Fred (54), Pereyra (69).

  • “Nyukasl” — “Tottenhem” 16:30
  • “Bornmut” — “Kardiff” 19:00
  • “Fulhem” — “Kristal Pelas” 19:00
  • “Haddersfild” — “Chelsi” 19:00
  • “Uotford” — “Brayton” 19:00
  • “Vulverhempton” — “Everton” 21:30

12-avgust, yakshanba

  • “Liverpul” — “Vest Hem” 17:30
  • “Sauthempton” — “Byornli” 17:30
  • “Arsenal” — “Manchester Siti” 20:00