Reper Basta va qo‘shiqchi Nargiz Zokirova “Proshay, lyubimiy gorod” qo‘shig‘i va unga ishlangan klipni taqdim qildi, deb yozmoqda Afisha Daily.

Foto: Google Images

Qo‘shiq ijrochilarning tug‘ilgan shaharlari — Rostov-Don va Toshkentga bag‘ishlangan. San’atkorlarning ikkisi ham shou-biznes uchun vatanini tark etgan. Klip videosi Maksim Fadeyevning YouTube’dagi Malfa kanalida e’lon qilingan.

Avvalroq, Nargiz oilasida jabr-zulm ko‘rgan ayollarga bag‘ishlab klip suratga olgan edi.