Qo‘shiqchi Nargiz Zokirova “Nelyubov” (“Nafrat”) qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi. Unda oilasida jabr-zulm ko‘rgan ayollar qatnashdi, deb yozadi “Nasiliyu.net”.

Foto: “Nasiliyu.net”

Klipda xonandaning o‘zi ham hayotiy hikoyasini gapirib berdi: “Erim jag‘imni urib sindirgan. Yerga yiqilib yotganimda tepgan, bolalarimni kaltaklagan, meni o‘ldirishini aytib qo‘rqitgan”.

Klipda oddiy ayollar qatorida rossiyalik mashhur qo‘shiqchi Valeriya ham qatnashgan va birinchi turmush o‘rtog‘idan ko‘rgan xo‘rliklari haqida so‘zlab bergan.

Pirovardida, klipning har bir qahramoni hayotda o‘z baxtini topgan. Ular qiyin vaziyatga tushib qolganda, jabr-zulmga chidab, indamay o‘tiraverish emas, bunga qarshi kurashishga da’vat qilgan.