Namangan shahrida 7-avgust kuni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan Sh.Z. yuzini to‘sgan holda pichoq bilan qurollanib, “Navbahor” MFYda yashovchi M.M.ning uyiga devor oshish yo‘li bilan bostirib kirdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Google Images

Uy egasi bosqinchini ko‘rib qolib, unga faol qarshilik ko‘rsatdi. Sh.Z. pichoq bilan uning bo‘yin qismiga jarohat yetkazib, voqea joyidan yashirinayotganida birga yashovchi o‘g‘li ushlab olib, IIBga xabar berdi.

M.M. kasalxonaga yotqizildi. Sh.Z.ning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.