Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Moskva viloyati sudi “GTA to‘dasi”ning to‘rt nafar a’zosi — Hazratxon Dadaxonov, Sherjon Qodirov, Anvar Ulug‘murodov va Umar Hasanovni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

To‘daning bechinchi a’zosi — Zafarjon G‘ulomov 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘da a’zolari 17 kishining o‘limiga va yana ikki kishiga nisbatan suiqasdga aloqador.

Prokuratura suddan to‘rt nafar ayblanuvchiga umrbod qamoq jazosini, yana bir kishiga esa 25 yillik qat’iy rejimdagi koloniya tayinlashni so‘ragan.

Jinoiy guruh Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolaridan iborat kamida 15 kishini o‘z ichiga olgani ma’lum qilingan. Guruhga Grand Theft Auto kompyuter o‘yinlarining nomi berilgan.

Avvalroq, “GTA to‘dasi” a’zolari O‘zbekistonda harbiy to‘ntarishni rejalashtirgani xabar qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda