O‘zbekistondagi birinchi xususiy oliy ta’lim muassasasi — Toshkentdagi Yoju texnika instituti 2018/2019-o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishni boshladi. Bu haqda OTM ma’muriyati xabar qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
TYoTI hujjatlarni 1—31-avgust kunlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qiladi:
- arxitektura va shaharsozlik;
- qurilish;
- muqobil energiya;
- biznesni boshqarish;
- turizm.
OTM ta’lim dasturlari Janubiy Koreya mutaxassislari bilan birgalikda tayyorlangan bo‘lib, ularda amaliy ko‘nikmalar va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga asosiy urg‘u qaratiladi.
Hujjatlar onlayn yoki Toshkent shahri Shota Rustaveli (sobiq Usmon Nosir) ko‘chasi 110-uy manzili bo‘yicha qabul qilinadi. Telefon: 253−81−53, 253−02−19, 253−23−19, 280−56−02. Qo‘shimcha ma’lumotlarni sayt yoki Facebook orqali bilib olish mumkin.
Toshkentdagi Yoju texnika institutini tashkil etish to‘g‘risidagi memorandum 2017-yil o‘zbek-koreys biznes-forumi doirasida imzolangan edi. OTM O‘zbekistonda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun davlat litsenziyasini 24-iyul kuni olgan.
Izoh (0)