Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Markaziy Afrika Respublikasida “Vagner” norasmiy qurolli guruhi faoliyati haqidagi hujjatli film uchun material yig‘ayotgan Rossiya tasvirga olish guruhini mahalliy konsultant bilan uchrashuvga ketish yo‘lida o‘ldirishgan. Bu haqda “Mediazona”ga vaziyat bilan tanish manba xabar bergan.

Foto: VOA News

Foto: VOA News

Jurnalist Orxan Jamol, rejissor Aleksandr Rastorguyev va operator Kirill Radchenko o‘zlari bilan qimmatbaho texnikani olib yurgan, bu o‘g‘rilik uchun sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Tasvirga olish guruhiga hujumda ularni olib ketayotgan haydovchi tirik qolgan. U mahalliy hukumatga ma’lum qilishicha, 31-iyulga o‘tar kechasi Sibut shahridan 23 km masofada ularni panada turib o‘qqa tutishgan.

Jurnalistlarning MARga jo‘nab ketganidan Rossiya elchixonasi ham, MAR prezidentining rossiyalik maslahatchilari ham bexabar bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi