Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonning Sharqiy Qozog‘iston viloyatida o‘z bolasini qutqarmoqchi bo‘lib, cho‘kib ketgan imomni qidirish ishlari davom etmoqda. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

Foto: Tengrinews

Foto: Tengrinews

Fojia 29-iyul kuni Boran qishlog‘ida Kara Yertis daryosida yuz bergan. Mahalliy imomning sakkiz yoshli o‘g‘li belgilanmagan joyda cho‘milgan. Kuchli oqim sababli bola nazoratni yo‘qotgan va oqa boshlagan. Unga yordam berish uchun 36 yoshli otasi o‘zini suvga otgan. U bilan birga, ukasini qutqarish uchun imomning 19 yoshli yana bir o‘g‘li suvga tushgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hammasi juda tez yuz bergan. Na imom, na uning katta o‘g‘li oqimga bas kela olgan.

Qutqaruv xizmati tomonidan xabar berilishicha, ayni paytda daryo suvi loyqa, oqim tez. Ba’zi joylarda suv o‘pqonlari uchramoqda. Suvning chuqur pastlaydigan joylari bor. Qutqaruvchilar motorli qayiqda qidiruv ishlarini olib bormoqda. Hamma joyda ham suvga sho‘ng‘ishga muvaffaq bo‘linmayapti.

Imom va uning ikki o‘g‘lini izlash ishlariga mahalliy aholi ham qo‘sjhilgan. Qidiruv daryoda va qirg‘oq chizig‘ida olib borilmoqda. Mahalliy aholidan 80 kishi va 11 ta qayiq qidiruv ishlariga jalb qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Mahalliy
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi neytral hududda qamishzor yoqib yuborildi (video)