Braziliyaning San-Paulu shahridagi Kampo-de-Marte aeroportida ikki motorli samolyot halokatga uchradi va yonib ketdi, deb yozmoqda “EM.com”.
Ikkala uchuvchi ham kabinada qulflanib qolgan, keyinroq ulardan biri jon bergan. Voqeani guvohlar videoga olib YouTube’ga joylagan.
Ma’lum qilinishicha, samolyotda yana 5 kishi bo‘lgan. Ular qorin hamda bosh sohasidagi jarohatlar bilan shifoxonaga keltirilgan.
Braziliya milliy aviatsiya agentligining xabar qilishicha, samolyot soz holatda bo‘lgan. Halokat sabablari hozircha aniqlashtirilmagan. Taxminlarga ko‘ra, uchuvchilar favqulodda qo‘nishni amalga oshirmoqchi bo‘lgan.
Izoh (0)