Rossiyaga vaqtincha kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari Rossiya davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh boshqarmasi hududiy bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tishi shart. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uch kundan kam bo‘lgan muddatga keluvchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi.
Rossiya hududida o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan Rossiya qonunchiligida belgilangan 2 000 rubldan 5 000 rublgacha miqdorda ma’muriy jarima jazosi qo‘llaniladi, ba’zi hollarda Rossiya hududidan chiqarib yuborilishi hamda Rossiya hududiga besh yil muddatgacha kirishi ta’qiqlanishi mumkin.
Batafsil ma’lumotni O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi rasmiy veb-sahifasidan yoki elchixonaning konsullik bo‘limiga quyidagi telefon orqali murojaat qilib olish mumkin: +74992300076.
Izoh (0)