15-iyul, yakshanba kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “Kesh-Kristal” xususiy korxonasiga qarashli qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish sexidagi suyultirilgan gaz balloni jo‘mragi otilib ketishi oqibatida gaz sizib chiqib, chaqnash sodir bo’lgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada sex ishchilari kuyish jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)