Bugun, 11-iyul sanasida futbol bo‘yicha Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati yarim finalining ikkinchi juftlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Google Images

Unda chorak finalda Rossiya hamda Shvetsiyani qolib ketishga majbur qilgan Xorvatiya hamda Angliya terma jamoalari o‘zaro bellashadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi. Uchrashuvni turkiyalik Junayt Chaqir boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradi. Uchrashuvga Moskvadagi “Lujniki” stadioni mezbonlik qiladi.

Mazkur o‘yin g‘olibi JCh—2018 g‘olibligi uchun final bahsida Fransiyaga qarshi kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

“Daryo” mazkur uchrashuvni ham matnli onlayn translyatsiya qiladi.

Jamoalar tarkibi e’lon qilindi.

Foto: FIFA

Jahon Chempionati

½ final bellashuvi

11-iyul, chorshanba

Xorvatiya — Angliya 23:00

Matnli onlaynning yuklanishini biroz kuting!