Toshkent shahrida, 12-iyul kuni International mehmonxonasining Crystal Ballroom konferens zalida xorijiy va mahalliy investorlar takliflarini muhokama qilish yagona maydonining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Tadbir Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili bilan hamkorlikda tashkil qilingan. Uchrashuvlar har hafta o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbirning maqsadi xorijiy va mahalliy investorlar o‘rtasida muloqot o‘rnatish, umuman sarmoya jalb qilish bilan bog‘liq jarayon ishtirokchilari o‘rtasida aloqani yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Uchrashuvlar davomida ochiq eshiklar tamoyili amal qiladi. Barcha qiziquvchilar, xorijiy va mahalliy investorlar, chet el diplomatik missiyalari vakillari, davlat organlari xodimlari uchrashuvlarda ishtirok etishi mumkin.
Tadbirda qatnashish uchun quyidagi manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish lozim: https://invest.gov.uz/en/forma-zayavki
Izoh (0)