“Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
Qarorga ko‘ra, har bir davlat tashkilotida huzurida, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar huzurida jamoatchilik kengashlari tuziladi.
Jamoatchilik kengashlari davlat organi rahbarining qaroriga asosan tuzilib, unga mehnat faxriylari, obro‘li fuqarolar, ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari qabul qilinadi.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolar va davlat organlari o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajarish Jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Izoh (0)