Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-iyun kuni Olmazor tumanida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida bir qator yoshlar o‘z takliflari bilan Davlat rahbariga murojaat qilgan. Ulardan biri — Toshkent davlat texnika universiteti talabasi aviamodel, raketomodel, motokross, avtokross kabi texnik sport turlari bo‘yicha iqtidorli yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishida imtiyozlar berishni so‘ragan.

Yig‘ilishning ushbu qismidan lavha “O‘zbekiston” telekanalining “Tahlilnoma” dasturida namoyish etildi.

Talaba: — Toshkent davlat texnika universiteti 4-bosqich talabasiman. Taklifim — bizda “Vatanparvar” tashkiloti bor, bu tashkilot sportning, xususan, texnik turlarini rivojlantiradi. Men shu texnik sport turlari bo‘yicha murabbiyman. “Vatanparvar” tashkilotida juda ham ko‘p iqtidorli yoshlar bor. Aviamodel, raketomodel, avtokross, motokross kabi texnik sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlarida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan bolalar ham bor. Matematika, fizika fanlari bo‘yicha bilimlari biroz sustroq bo‘lishi mumkin, lekin mehnatsevar, yaxshi bolalar. Shu munosabat bilan, bunday yoshlarning texnika oliygohlariga o‘qishga kirishi uchun imtiyoz yaratib bersak, juda ham yaxshi bo‘lardi

Shavkat Mirziyoyev: — Nechta shunday bolaning ro‘yxatini bera olasan menga?

Talaba: — 10—15 nafar bola bor.

Shavkat Mirziyoyev: — O‘ylab, 20 nafar bolaning ro‘yxatini ber — men qabul qildim. Nimaga? Yaqinda, televizorda ko‘rgan bo‘lsalaring, hamma harbiy qismlarda uchrashuvlar o‘tkazdim. Desantchi bolalar bilan uchrashdim. Lekin bitta fojia — bizda desantlarni tayyorlaydigan maktablar yo‘q. Bir vaqtlar parashutning o‘zi bo‘lmagan, vertolyot bo‘lmagan, vertolyotga yonilg‘i bo‘lmagan. Ular, kechirasizlar-u, mashqlarni ham og‘zaki bajargan. Shuning uchun hozir biz juda katta vertolyotlar sotib olyapmiz, samolyotlar sotib olyapmiz, parashutlar olib kelyapmiz. Men oliy ta’limga o‘sha 20 nafar yoshning ro‘yxatini beraman. Ular matematikani bilmasa ham mayli, sadoqat bilan xizmat qilsa, ularni o‘zim imtihonsiz grantga o‘qishga qabul qilaman. Sen shu yoshlarni topib ber.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)