Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eron yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy mamlakat hukumati AQSh sanksiyalariga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kirishdi, deya saytida xabar bergan. Bu haqda “Gazeta.ru” yozmoqda.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Oyatullohning fikricha, AQSh yangi iqtisodiy sanksiyalarni joriy qilish orqali Eron hukumati va xalqi o‘rtasida nizo keltirib chiqarishga erishmoqchi. Eron yetakchisi Donald Trampgacha AQShning 6 ta prezidenti aynan shunday usullardan foydalangani, biroq maqsadiga erisha olmaganini aytgan.

Eronning rasmiy agentligi bo‘lgan IRNA hukumat va parlament hamkorlikda AQSh sanksiyalarining ta’sirini o‘rganadigan maxsus qo‘mita tuzganini xabar qilgan. Xususan, qo‘mita neft eksport qilishning xavfsiz yo‘lini topishi kerak, shundagina Eron neft sotishdan oladigan daromadlarini saqlab qola oladi.

Avvalroq Tramp Saudiya Arabistoni hukumatidan neft ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishni so‘ragan. Eron AQShning bu iltimosini Ar-Riyodga OPEKdan chiqishni taklif qilish, deya baholagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi