28-iyun, payshanba kuni ertalab Keniyaning poytaxti Nayrobi shahridagi Gikomba bozorida yirik yong‘in yuz berdi, deb yozmoqda “Interfaks”.
Gikomba Sharqiy Afrikadagi eng yirik ochiq bozor hisoblanadi.
Yong‘in natijasida 15 kishi, shu jumladan, bolalar halok bo‘lgan. 70 kishi turli darajada jarohat olgan.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in sabablari hali aniqlanmagan. Hukumat vakillari bergan ma’lumotlarga qaraganda, bu kabi yong‘inlar ko‘pincha elektr simlarining nosozligi tufayli kelib chiqadi.
Voqea joyida tirik qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda. Qutqaruvchilarning so‘zlariga qaraganda, bozorda ovqat tayyorlash uchun ishlatiladigan gaz ballonlari doimiy ravishda portlab, ularning ishini murakkablashtirmoqda.
Izoh (0)