Qatar poytaxti Doha shahrida jahondagi birinchi “Angry Birds dunyosi” xiyoboni ochildi. Shahar aholisi va mehmonlari uchun o‘z eshiklarini ochgan xiyobondagi attraksionlar ommabop kompyuter o‘yini dizayni uslubida qurilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Mashhur qanotli qahramonlar hikoyalaridan ilhomlanib qurilgan xiyobon barcha yoshdagi bolalarga ko‘plab attraksionlarni taklif qiladi. Doha Festival City savdo markazida joylashgan xiyobon 17 ming kvadrat metr maydonni egallaydi.

Foto: “RIA Novosti”