Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Samarqandning “Dinamo” klubi jamoaning sobiq a’zosi Sirojiddin Sayfiyevning hisob-raqamiga 40 million so‘m o‘tkazib berdi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

Bir necha yil “Dinamo” safida o‘ynagan Sirojiddin Sayfiyev klubning undan moliyaviy qarzdorligi bor ekani xususida O‘FAga murojaat qilgan edi.

Va nihoyat menga yig‘ilib qolgan qarzlar to‘lab berildi. Aytishim kerakki, “Dinamo” menga o‘z hisobidan xayriya qilmadi, balki mening o‘z vaqtida berilmagan ish haqimni qaytardi. Endi bu pullarni muolajalar uchun sarflayman. Zora shifo topishimda buning ham nafi tegib qolsa. Bunda menga ko‘mak ko‘rsatgan O‘FA rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Ularning ko‘magidan mamnunman.

Sirojiddin Sayfiyev, sobiq futbolchi

Ma’lumot uchun Sirojiddin Sayfiyev og‘ir jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng unda saraton kasalligi alomatlari mavjudligi aniqlangandi. Klub esa bir necha yil davomida uning ish haqini berishdan bo‘yin tovlab kelgan edi. Shuningdek, avvalroq aynan shu masalada jurnalist Farhod Norbo‘tayev Sirojiddin Sayfiyev nomidan Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayevga murojaat yo‘llagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...