Gvatemalada talabalar ketayotgan avtobus jarlikka qulab tushdi. Bu haqda Prensa Libre’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Natijada 8 kishi halok bo‘lgan, 35 kishi jarohat olgan.
Yo‘l-transport hodisasi San-Markos departamentida yuz bergan. Avtobusdagi 55 nafar talaba sport musobaqasiga borish uchun yo‘lga chiqqan edi.
Haydovchi transport vositasini boshqara olmagan, natijada avtobus 70 metr balandlikdan qulagan. 7 kishi voqea joyida jon bergan, yana 1 kishi shifoxonada vafot etgan.
San-Markos milliy shifoxonasiga og‘ir jarohat olgan 35 kishi keltirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, avariya tormoz tizimining nosozligi tufayli yuz bergan.
#SanMarcos | Ocho estudiantes que participarían en mañana deportiva mueren en accidente de bus https://t.co/gHLCqUnaXi pic.twitter.com/ePh9wBGTYX
— César Pérez (@Cperezm_pl) June 21, 2018
Izoh (0)