Rossiyadagi kiyik boqish bilan shug‘ullanadigan Nenets okrugidagi ikkita brigadada joriy yilning 1-avgustidan boshlab 20 nafar tarbiyachisi bo‘lgan ko‘chma bolalar bog‘chasi o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Loyiha ko‘chib yuruvchi ota-onalarning bolalari uzluksiz maktabgacha ta’lim olishi uchun qulay sharoit yaratishni ko‘zlagan. Bundan tashqari o‘quv jarayonining ko‘chib yuruvchi formatda tashkil qilinishi bolalarda ona tilida muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon beradi.
Izoh (0)