Eronlik erkak samolyot yo‘lagida turib tilanchilik qildi, deb yozmoqda Daily Mail.
Voqea Qatar Airways aviakompaniyasining Qatardagi Doha shahridan Eronning Sheroz shahriga uchayotgan samolyotida yuz berdi. Erkak kutilmaganda o‘zining o‘rindig‘idan turib, qo‘liga plastik paket oldi va yo‘lovchilardan pul so‘rashni boshladi. Natijada kimdir unga pul uzatdi. Samolyot xodimlarining talablariga qaramasdan, tilanchi joyiga o‘tirishdan bosh tortgan va yo‘lakda turib tilanchilik qilishni davom etgan.
Erkakning shaxsiga aniqlik kiritilmagan, biroq uning Eron fuqarosi ekani xabar qilingan.
Voqea aks etgan video internetda e’lon qilingan, aksariyat foydalanuvchilar eronlik erkakni tanqid qilgan. “Bu hazilmi? U qanaqa qilib samolyotga chiqqan?” — deya foydalanuvchilardan biri hayron bo‘lgan. “Kim unga chipta olib bergan? Va eng qizig‘i, odamlar unga pul uzatyapti”, — deya boshqa foydalanuvchilar ham hayratda ekanini bildirgan.
Izoh (0)