Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Hozirgina Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati doirasidagi 1-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi.

Foto: FIFA

Foto: FIFA

1-turning so‘nggi o‘yin “H” guruhi vakillari — Polsha hamda Senegal terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda omad Afrika qit’asi vakillariga kulib boqdi.

Dastlabki gol uchrashuvning 37-daqiqasida Tiago Chonek tomonidan urildi. Polsha terma jamoasi himoyachi kutilmaganda o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. 61-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Mbaye Nyang hisobni 2:0 ga yetkazdi. Uchrashuv yakunlanishiga 4 daqiqa qolganda Gjegoj Krixovyak oradagi farqni qisqartirdi. Shu tariqa uchrashuv Senegalning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Jahon Chempionati

1-tur bellashuvi, “H” guruhi

19-iyun, seshanba

Polsha—Senegal 1:2

Gollar: 0:1 — 37, avtogol Tiago Chonek, 0:2 — 61 Mbaye Nyang, 1:2 — 86 Gjegoj Krixovyak,

Polsha: 1.Voytsex Shesni, 2.Mixal Pazdan, 4.Tiago Chonek, 20.Lukash Pishchek (Bartosh Bereshinski 83), 10.Gjegoj Krixovyak, 11.Kamil Grosiski, 13.Matsey Ribus, 16.Yakub Blashikovski, (5.Yan Bednarek 46) 19.Pyotr Zelinski, 7.Arkadiush Milik (David Kovnack 73), 9.Robert Levandovski.

Senegal: 16.Xadim NDiaye, 3.Kalidu Kulibali, 12.Yussuf Sabali, 22.Mussa Vage, 5.Idrissa Geye, 6.Salif Sane, 13.Alfred NDiaye (Sheyxu Kuyate 89), 9.Mame Diuf (Cheikh Ndoye 62), 10.Sadio Mane, 18.Ismaila Sarr, 19.Mbaye Nyang (Mussa Konate 74).

Ogohlantirishlar: Gjegoj Krixovyak (12), Salif Sane (49), Idrissa Geye (71),

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘istonning Rossiya bilan chegarasidagi tirbandliklar tugamoqda — OAV
Mahalliy
“Uyiga begona erkaklarni olib kelmaslik masalasida tortishgan”. Onasini o‘ldirgan buxorolik yigit voqeasining sababi ochiqlandi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga jo‘nab ketdi