Bugun, 19-iyun sanasida Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati doirasida 1-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda.
Kunning dastlabki o‘yini “H” guruhidan o‘rin olgan Kolumbiya hamda Osiyo qit’asi vakili Yaponiya o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida bosh hakam slovakiyalik Damir Skomina Kolumbiya termasi yarim himoyachisi Karlos Sanchesga to‘pni jarima maydoni ichida qo‘li bilan o‘ynagani sabab qizil kartochka ko‘rsatdi.
Shuningdek, David Ospina darvozasi tomon penalti qo‘ydi. 32 yoshli futbolchi mundial tarixida eng tez chetlatilgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi. U qizil kartochka olgan vaqtda 2-daqiqaning 56-soniyasi o‘tib borayotgandi.
Penaltini esa Shinji Kagava golga aylantirdi. 39-daqiqaga kelib yaponlar darvozasiga jarim to‘pi belgilandi. Xuan Kinteroning zarbasini qaytarishda yaponiyaliklar darvozaboni Eyji Kavashima xatoga yo‘l qo‘yishi oqibatida birinchi bo‘lim 1:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limning 73-daqiqasi Yuji Osaka burchakdan oshirib berilgan to‘pni Ospina darvozasiga yo‘llab, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Birozdan so‘ng guruhning ikkinchi uchrashuvi Polsha—Senegal o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Jahon Chempionati
1-tur bellashuvi, “H” guruhi
19-iyun, seshanba
Kolumbiya—Yaponiya 1:2
Gollar: 0:1 — 6, penalti Kagava, 1:1 — 39 Kintero, 1:2 — 73 Osaka.Chetlatish: Karlos Sanshes (3).
Izoh (0)