Nyu-Jersidagi ko‘rgazmada ro‘y bergan otishmada 20 kishi jarohatlandi
AQShning Nyu-Jersi shtatida bo‘lib o‘tayotgan Art All Night ko‘rgazmasi chog‘ida kelib chiqqan otishmada 20 kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea Trenton shahrida ro‘y berdi.
Okrug prokurori Merser Anjelo Onofriga ko‘ra, jarohatlanganlarning 16 nafari o‘qotar quroldan yaralangan. Ularga shifoxonada yordam ko‘rsatilmoqda.
Otishma uyushtirishda gumondor bir kishi qo‘lga olingan.
Voqea sabablari hozircha aniq emas.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar