Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hozirgina, Rossiyadagi “Lujniki” stadionida futbol bo‘yicha Jahon Chempionatining 1-uchrashuvi yakuniga yetdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Unda mezbon Rossiya termasi Osiyo qit’asi vakili Saudiya Arabistonini yirik hisobda mag‘lub etdi. Uchrashuvning 12-daqiqasida Yuriy Gazinskiy hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning 43-daqiqasida esa zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Denis Cherishev hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limning 71-daqiqasida o‘yinga qo‘shilganiga endigina 89-soniya bo‘lgan Artyom Zyuba Golovinning uzatmasini golga aylantirdi. Uchrashuvning 90-daqiqasida esa Denis Cherishev chiroyli gol urishga erishdi. Oradan hech qancha o‘tmay, Aleksandr Golovin jarima zarbasini golga aylantirib, o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Ma’lumot uchun “Daryo” ushbu o‘yindan matnli onlayn translyatsiya olib bordi.

“A” guruhining ikkinchi uchrashuvi ertaga Urugvay—Misr o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Jahon Chempionati

“A” guruhi, 1-tur bellashuvi

14-iyun, payshanba

Rossiya — Saudiya Arabistoni 5:0

Gollar: 1:0 – 12 Gazinskiy, 2:0 – 43 Cherishev, 3:0 – 71 Zyuba, 4:0 – 90 Cherishev, 5:0 – 90 Golovin.

Rossiya: 1.Igor Akinfeyev, 2.Mario Fernandes, 3.Ilya Kutepov, 4.Sergey Ignashevich, 18.Yuriy Jirkov, 11.Roman Zobnin, 8.Yuriy Gazinskiy, 9.Alan Zagoyev (6.Denis Cherishev, 22), 19.Aleksandr Samedov (Daler Kuzyayev, 64), 17.Aleksandr Golovin, 10.Fedor Smolov (Artyom Zyuba, 70)

Saudiya Arabistoni: 1.Abdulloh al-Mayuf, 3.Osama Xavsavi, 5.Omar Xavsavi, 6.Muhammad al-Burayk, 7.Salmon al-Faraj, 8.Yahyo al-Shehri, 10.Muhammad al-Sahlavi, 13.Yosir al-Shahroni, 14.Abdulloh Otayf (Fahad al-Muvallad, 64), 17.Taysir al-Jassim, 18.Salim al-Davsari.

Ogohlantirishlar: Aleksandr Golovin 88, Taysir al-Jassim 90+2.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi