Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Mahmudaliyev Akmaljon Azimjonovich Uchko‘prik tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ning Farg‘onadagi muxbiri ma’lum qildi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Akmaljon Mahmudaliyev bugun, 14-iyun kuni o‘tkazilgan Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman faollariga tanishtirildi.

Akmaljon Mahmudaliyev 1974-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1995-yilda Samarqand kooperativ institutining buxgalteriya hisoboti fakultetini, 2005-yilda Toshkent Kimyo-texnologiya institutining don va don mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakultetini tamomlagan.

2007-yildan 2013-yilgacha Davlat don inspeksiyasining Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasida yetakchi va bosh davlat don inspektori lavozimlarida ishlagan.

2013-yilning sentabr oyidan boshlab inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Oldinroq tumanning “kuchli to‘rtligi” — hokim, IIB boshlig‘i, soliq inspeksiyasi rahbari va tuman prokurori ishdan olingani xabar qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?