Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

2017-yilning 8-noyabr kuni SVOJJDLQK Departamenti Xorazm va Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkentdagi Olmazor tumanida joylashgan Gold Premium Product MChJga qarashli “Sharshara” kolbasa va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sexda 69,6 kilogramm go‘shtni sexga topshirish yo‘li bilan tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazilib, jamiyat xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Sud jarayoni davomida ko‘p holatlarga oydinlik kiritildi. Xususan, sud jarayonida gumonlanuvchilarning dastlabki bergan ko‘rsatmalari, ya’ni “Sharshara” nomli kolbasa va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sexida butun faoliyati davomida eshak go‘shti ishlatilmaganligi sudda so‘roq qilingan guvohlarning, mutaxassislarning fikri hamda jamiyatda o‘tkazilgan hujjatli taftish davomida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, eshak go‘shti ishlatilmaganligi o‘z tasdig‘ini topgan.

Bundan tashqari jinoyat ishi bo‘yicha jalb qilingan arizachilar “Sharshara” nomli kolbasa va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sexiga 69,6 kilogramm eshak go‘shti emas, balki mol go‘shtini topshirganligini sudda bergan ko‘rsatmalarida e’tirof etishgan. Sudda so‘roq qilingan Respublika sud ekspertiza markazi laboratoriya mudirining ko‘rsatmasiga ko‘ra, Gold Premium Product MChJga qarashli “Sharshara” nomli kolbasa va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sexidan tezkor tadbir kuni olingan jami 275 kilogramm go‘sht mahsulotlari orasida eshak go‘shti borligi o‘tkazilgan ekspertizadan tasdiqlanmaganligi bildirilgan.

Shuningdek, ish hujjatlarida iste’molchilar eshak go‘shti ekanligi va yuqumli kasallikka chalinganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi, “Sharshara” nomli kolbasa va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sexida eshak go‘shti ishlatilganligini inkor etgan.

Hozirda sud to‘plangan materiallar bilan tanishib chiqib, holatni chuqur va atroflicha o‘rganib, Gold Premium Product MChJga qarashli “Sharshara” nomli kolbasa va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruv sexining xodimlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi 5-qismi 1-bandi bilan tugatib, Jinoyat kodeksining 65-moddasi 2-qismi bilan ularni javobgarlikdan to‘liq ozod qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak